Samarqandda ziyorat turizmi istiqboli muhokama etiladi
2019 yil 24-25 may kunlari Samarqand davlat universitetida “Buyuk ipak yo‘li chorrahasida ziyorat turizmining renessansi” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.
Anjumanda Xitoy, Rossiya, Fransiya, Italiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Bosniya va Gersegovina, Polsha, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va boshqa xorijiy mamlakatlardan turizm sohasi bo‘yicha olimlar, yetuk mutaxassislari va tizim rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Ikki kun davomida konferensiya yalpi majlisi va sho‘’ba yig‘ilishlarida yuzdan ortiq ma’ruza tinglanadi.
Samarqandda ziyorat turizmini tiklash va uni rivojlantirish bo‘yicha amaliy, ilmiy va uslubiy takliflarni ishlab chiqish konferensiyaning bosh maqsadi hisoblanadi.