Samarqanddagi ziyoratgohlar mehmonlarni qabul qilishga tayyor

Saytimizda bundan bir oy avval «Karantin tugagach, birinchi navbatda nima qilmoqchisiz?» degan savol bilan yurtdoshlarimizga murojaat qilgandik. Ko‘pchilik karantin tugashi bilan Samarqanddagi qadimiy obidalar va ziyoratgohlarga boraman, deya javob bergandi.

Ayni paytda ko‘hna shaharda shunday imkoniyat yaratildi. Samarqand viloyat turizmni rivojlantirish departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi, Ruhobod, Shohi Zinda majmuasi va bir qator ziyoratgohlar o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu ob’yektlar pirometrlar, antiseptik vositalar, dezinfeksion tunnellar bilan ta’minlangan.

Karantindan so‘ng, ziyoratgohlarga borishni orzu qilganlar hozirda bu imkondan foydalanishi mumkin.