Hayitga munosib sovg‘a

Urgut tumani Pochvon mahallasidagi "Pochvon ota" ziyoratgohida ko‘rkam ayvon bunyod etilib, Ramazon hayiti kuni foydalanishga topshirildi.

- Uzun Hasan o‘g‘li Pochvon ota ziyoratgohi mahallamizning faxri hisoblanadi, - deydi Pochvon mahalla fuqarolar yig‘ini raisi V.Jo‘rayev. - Aholimizning ushbu majmuaga hurmati baland. Shu sababli mahallamiz ahli, saxovatli kishilar tashabbusi bilan bir necha yil oldin bu yerda maqbara bunyod etilgan edi. Bu yil esa Ilhom Islomov boshchiligidagi mahallamiz tadbirkorlari, oqsoqollar homiyligida ushbu ayvon qurildi. Qariyb 150 million so‘m sarflangan qurilish ishlaridan so‘ng bu yerda ziyoratchilar uchun har tomonlama qulay sharoit yaratildi.

Yangi inshoot ochilishi munosabati bilan mahalla ahliga ehson oshi berildi.

Jabbor Nabiyev.