Samarqanddagi uchta tumanda shamol elektr stansiyasi quriladi
Viloyatda yirik quvvatli qayta tiklanuvchi manbalarni ko‘paytirish choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, Nurobod tumanida “ACWA POWER” korxonasi tomonidan 1000 MVT quvvatga ega fotoelektr stansiya qurilishi rejalashtirilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha doirasida tayyorgarlik ishlari 15 avgustdan, qurilish ishlari esa dekabr oyidan boshlanadi.
Bundan tashqari, Bulung‘ur, Jomboy va Payariq tumanlarida jami quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan.
Buning uchun yer maydoni tanlab olinib, 7 ta meteorologik machtalar o‘rnatilgan. Machtalar orqali hududdagi shamol kuchi, yo‘nalishi va boshqa ma’lumotlar yig‘ilmoqda.
O‘z navbatida loyihalashtirish ishlari olib borilmoqda. Qurilish ishlari dekabr oyida boshlanadi.