Samarqandlik to‘rt nafar tadbirkor davlat mukofoti bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmonni qabul qildi.
Farmonga asosan, mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, yurtimizning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini yuksaltirishda salmoqli natijalarga erishayotgani, tashabbuskorligi, bilim va tajribasini namoyon etib, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini yuksaltirish yo‘lida ibrat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar mukofotlandi.
Ular orasida Samarqanddan quyidagilar bor:
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni bilan
ABDULLOYeV Kamol Talatovich - Samarqand shahridagi «Sam Antep Gilam» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi
«Do‘stlik» ordeni bilan
TO‘RAYeV Zafar Suyunovich - Urgut tumanidagi «SXF Big Stroy Building» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi
ERGAShEV Shuxrat Sharipovich - Bulung‘ur tumanidagi «Samarkand Garden plast» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktorlar kengashi raisi
«Shuhrat» medali bilan
KOMILOV Nasimjon Qobiljonovich - Samarqand shahridagi «STD Health Med» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi