Samarqandlik yuriskonsultlar maxsus unvon-martaba darajalariga ega bo‘ldi
Adliya vazirining 2019 yil 22 avgustdagi “Maxsus unvon-martaba darajalari berish haqida”gi buyrug‘iga asosan Samarqand viloyat davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi yuriskonsulti Sh.Shukurovga “1-darajali yurist”, Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Urgut tuman bo‘limi yuriskonsulti O.Doniyorovga va Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasi yuriskonsulti F.Qurbanovga “3-darajali yurist” maxsus unvon-martaba darajalari topshirildi.