Serbiyada armiya o‘ta yuqori shay holatga keltirildi
Serbiya prezidenti va Serbiya armiyasi oliy bosh qo‘mondoni Aleksandr Vuchich Serbiya armiyasini eng yuqori shay holatga keltirishni buyurdi, dedi Mudofaa vaziri Milosh Vuchevich.
"Bu bizni Serbiya armiyasi amalga oshirayotgan harakatlarga, Serbiyaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini saqlagan holda Serbiyaning barcha fuqarolarini himoya qilish va serblarga, ular qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, terrorning oldini olishga qaratilgan harakatlarni eng yuqori darajaga ko‘taradi" degan Vuchevich.
Mudofaa vaziri Prezident Kosovo va Metoxiya avtonom provinsiyasidagi vaziyatga, shuningdek, Kosovo Albaniya hukumati serblarga qarshi hujumga hozirlik ko‘rishda davom etayotgani va barrikadalarni majburan olib tashlashga to‘g‘ri kelganiga ishora qilib, prezident jangovar shaylikni oshirishni buyurganini ta’kidladi.
Kosovo politsiyasi bir necha sobiq serb politsiyachini 1998-1999 yillardagi mojaro uchun hibsga olganidan keyin Kosovo va Metoxiyadagi keskinlik avj oldi va davom etmoqda. Bunga javoban Kosovoda yashovchi serblar viloyat shimolidagi yo‘llarga barrikadalar o‘rnatishdi.
Serbiya armiyasi 1999 yildagi mojarodan keyin Kosovo va Metoxiyani tark etdi. 2008 yilda ko‘pchilik etnik albanlar istiqomat qiladigan mintaqa bir tomonlama ravishda Serbiyadan mustaqilligini e’lon qildi. Ko‘pgina G‘arb davlatlari bu qadamni tan oldi, ammo Belgrad bu yerlarni Serbiya davlatining ajralmas qismi deb hisoblashda davom etmoqda.