Tojiboyevlar oilasi - eng namunali harbiy oila
Havo hujumidan Mudofaa qo‘shinlari harbiy havo kuchlari tasarrufidagi harbiy qismda harbiy xizmatchilarning oilalari o‘rtasida “Namunali harbiylar oilasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Unda sakkiz oila 5 shart bo‘yicha bellashdi. Tanlov yakuniga ko‘ra, kapitan O.Tojiboyevlar oilasi birinchi o‘rinni egalladi hamda tanlovning ikkinchi okrug bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi o‘rin kichik serjant A.Kovalenkolar oilasiga, uchinchi o‘rin kichik serjant D.Norboyevlar oilasiga nasib etdi.


Shuningdek, tanlovda “Eng ahli harbiy oila”, “Eng bilimdon harbiy oila”, “Eng quvnoq harbiy oila”, “Muxlislar mehrini qozongan oila”, “Aktyorlik mahorati rivojlangan oila” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘olib jamoalar aniqlandi.
Barcha ishtirokchilar diplom hamda sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Ikrom Masharipov,
harbiy qism komandiri o‘rinbosari.