Tojikiston Prezidenti Toshkentga keldi
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Qisqa suhbatdan so‘ng Prezident Emomali Rahmon o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi 29 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.