Toyloqdagi maktab rahbarlari daftar muqovasini majburlab sotganmi?
- 04.03.2020 10:32
- 651
- Ta’lim
Joriy yilning 3 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Maktab ma’muriyati muqova sotib, pul ishlamoqda” sarlavhali post e’lon qilindi. Unda Toyloq tumanidagi 3-umumta’lim maktabi ma’muriyati o‘quvchilarga daftar muqovasini 1000 so‘mdan majburan sotayotganligi iddao qilingan.
Toyloq tumani xalq ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlari va maktabning kuzatuv kengashi tomonidan ushbu holat yuzasidan o‘rganish olib borildi.
O‘rganishlar natijasiga asosan maktabda hech qanday daftar muqovasi pulga sotilmaganligi ma’lum bo‘ldi. Vaholanki, daftarlarga muqovalar o‘quvchilarning o‘z ixtiyori bilan fan daftarlarining yuzini ozoda saqlash maqsadida yuritilgan.
Shuningdek, bu borada maktab ma’muriyati tomonidan majburiy tartibda talab qo‘yilmaganligi aniqlandi.
O‘quvchi va o‘qituvchilar hamda ota-onalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ushbu xabar o‘z isbotini topmadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 2 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand