Tramp AQShda norozilik namoyishlari boshlanishini bildirdi

AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp 6 yanvar kuni tarafdorlarining norozilik mitingi o‘tkazilishini e’lon qildi. «Tvitter»da u aksiya Vashingtonda soat 11:00 da boshlanishini aytdi.

Miting aynan qayerda bo‘lib o‘tishini davlat rahbari keyinroq e’lon qilishga va’da berdi. Sana esa tasodifan tanlanmagan. Shu kuni demokrat Jo Baydenning prezidentlik saylovlarida g‘olib deb topgan saylovchilar kollegiyasi ovoz natijalarini AQSh Kongressi tasdiqlaydi.

Tramp ilgari ham norozilik namoyishiga ishora qilgan edi. Ammo bu safar prezident saylov natijalarini soxtalashtirishga oid ko‘plab dalillar taqdim etish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bu galgi ovoz berish "Amerika tarixidagi eng katta firibgarlik", deya ta’rifladi u.

Amaldagi vitse-prezident Mayk Pensning sobiq maslahatchisi Oliviya Troy ham ovoz berish natijalari tasdiqlangan kundagi miting tartibsizliklarga aylanib ketishini istisno qilmagan edi. Uning fikriga ko‘ra, tarafdorlarining bunday harakatiga Trampning o‘zi turtki bo‘lmoqda.

AQShda prezident saylovi 2020 yil 3 noyabrda bo‘lib o‘tdi. Pochta orqali ommaviy ovoz berish tufayli natijalarni hisoblash rekord vaqtga cho‘zildi. Baydenning g‘alabasini ta’minlagan aynan "pochta" ovozlari bo‘ldi. Tramp bunday natijani faqat «sun’iy to‘lg‘azish» bilan izohlash mumkin deb hisoblaydi.

Yangi yil arafasida Qo‘shma Shtatlar Prezidenti va uning rafiqasi Melaniya Tramp to‘satdan Florida shtatidagi Mar-a-Lago pomestesidan Oq uyga uchib ketishdi. Tramp jurnalistlarning ushbu qaror sababi haqidagi savollariga javob berishdan bosh tortdi.

Amaldagi prezident birinchi marta Qo‘shma Shtatlarda yilning eng qoyilmaqom erkagi reytingini egalladi. So‘rovnoma so‘nggi 12 yil ichida Gallup sotsiologik xizmati tomonidan o‘tkazilgan bo‘lib, unda doimo AQShning sobiq davlat rahbari Barak Obama g‘olib bo‘lgan.

G.XOLDOROVA tayyorladi.