Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Turkiyada katta oltin koni topildi

Turkiyaning sharqida zaxiralari 1,2 milliard dollardan oshadigan oltin koni topildi, deb xabar qildi mamlakat sanoat va texnologiya vaziri Mustafo Varank.

"Biz Mollakara qishlog‘i yaqinidagi «Koza Altin» konida 1,2 milliard dollarga teng 20 tonna oltin va 2,8 million dollarlik 3,5 tonna kumush topdik", dedi vazir konning ochilish marosimida. Qishloq Turkiyaning sharqida, Agra provinsiyasida joylashgan.

Varank so‘nggi 10 yilda mamlakatda oltin qazib olish sarmoyalar darajasi 25 foizga oshganligini ta’kidladi. 2020 yilda mamlakatda 18 ta kondan 42 tonna oltin qazib olindi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu yil Turkiya 45 tonna oltin qazib olishni mo‘ljallamoqda va kelgusi besh yillik maqsad – 100 tonna ishlab chiqarish.