Turkiyada koronavirusning birinchi to‘lqini ikkinchi yuqori nuqtasi haqida e’lon qilindi
- 04.09.2020 09:40
- 224
- COVID-19
Koronavirus pandemiyasi Turkiyada birinchi to‘lqin ikkinchi yuqori nuqtasiga yetdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Faxreddin Ko‘ja jurnalistlarga ma’lum qildi.
U Anqara, Istambul, Izmir, Bursa va mamlakatning bir qator sharqiy viloyatlarida yuqori xavf darajasi saqlanib turganini ta’kidladi.
“Pandemiya davom etmoqda, kundan-kunga kasallanganlar soni ortmoqda. Biz birinchi to‘lqinning ikkinchi yuqori nuqtasini boshdan o‘tkazmoqdamiz”, dedi Ko‘ja.
Turkiya SSV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, 2 avgust kuni mamlakatda 1596 nafar yangi kasallanish holati qayd etilgan, ushbu ko‘rsatgich 15 iyundan buyon qayd etilgan eng yuqori bir kecha-kunduzlik holat.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
A’lochi o‘quvchilarga bepul yo‘llanma beriladi
- Kecha, 15:00
- Samarqand
Hayit xayr-baraka, ma’naviy yuksalish bayrami
- Kecha, 12:31
- Jamiyat