Turkiyada toshqin qurbonlari soni 31 kishiga yetdi
- 14.08.2021 12:44
- 41
- Xorij
Turkiyaning Qora dengiz sohilidagi Kastamonu va Sinop viloyatlarida kuchli toshqin va sel oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 31 kishiga yetdi, deya xabar beradi mamlakat Favqulodda vaziyat va tabiiy ofatlar boshqarmasi.
Kecha, 13 avgust kuni boshqarma 27 kishining halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.
"Kastamonuda sel va toshqinlar paytida 29 kishi halok bo‘ldi, ikki kishi Sinopda vafot etdi, bir kishi Bartinda bedarak yo‘qoldi", deyiladi idorada.
Shuningdek, tabiiy ofat hududida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotgani, 1700 dan ortiq odam evakuatsiya qilinganligi haqida xabar berilgan edi. 300 ga yaqin aholi punktlari elektr energiyasiz qolgan. Ko‘prik, ko‘p qavatli uylar, avtomobil yo‘llari vayron bo‘lgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa