Viloyat Kengashining o‘ttiz oltinchi sessiyasi 21 avgust kuni o‘tkaziladi

Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Sh.Negmatovning 18 avgustda qabul qilgan "Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, navbatdagi o‘ttiz oltinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
- Samarqand viloyati shahar va tumanlarida mavjud imkoniyat hamda ichki zaxiralarni safarbar etish orqali hududlarni rivojlantirish “Yo‘l xaritalari”ni tasdiqlash to‘g‘risida;
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan taklif etilayotgan Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (XTU) ishtirokidagi “Samarqandda natijalarga erishish uchun birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimini tizimli takomillashtirish dasturi” (ShIFO-1) natijaga asoslangan moliyalashtirish (PforR) loyihasi konsepsiyasini ko‘rib chiqish va ma’qullash haqida;
- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
- xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026 yil 2 iyundagi “Viloyat mahalliy byudjetining 2026 yil 1 yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.