Xeops piramidasi kattaligidagi asteroid Yerga yaqinlashmoqda
Hajmi jihatidan Xeops nomi bilan ham mashhur Giza piramidasidan o‘tadigan xavfli asteroid avgust oxirida Yerga yaqinlashadi. Bu haqda NASA bergan ma’lumotlar guvohlik bermoqda, deb yozadi RIA Novosti.
2019 OU1 asteroidining diametri 160 metrni tashkil qiladi, Misrning eng mashhur piramidasidan 20 metr katta. 28 avgust kuni 2019 OU1 Yerga Venera sayyorasidan 40 marta yaqinroq keladi. Asteroid million kilometr masofada sayyoramiz bilan kesishadi.
Oldinroq (YeKA) Yevropa kosmik agentligi Yer uchun potensial xavfli fazoviy jismlar ro‘yxatini yangilagan edi. Sana muddati bo‘yicha eng yaqini 2006QV89 asteroidining Yer bilan faraziy to‘qnashuvi hisoblanadi. Agentlik xodimlarining hisobiga ko‘ra, bu voqea shu yilning 9 sentyabr kuni sodir bo‘lishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan voqeani sodir bo‘lish ehtimoli - yetti mingtadan birga teng. Ayni vaqtda asteroid Yerdan taxminan 6.7 million kilometr uzoqlikda joylashgan.
Potensial xavfli jismlar ro‘yxatiga 2010RF12 asteroidi yetakchilik qilmoqda. Mutaxassislarning taxmin qilishlaricha, jismning Yer bilan xavfli yaqinlashuvi 2095 yil sodir bo‘lishi mumkin. To‘qnashuv ehtimoli - 16 dan 1 ga teng.