Yer yaqinidan halokatli asteroid uchib o‘tdi

Butun shaharni yo‘q qilishga qodir 2023 DZ2 asteroid Oy va Yer orasidan uchib o‘tdi. U yana qachon yerga yaqin keladi? Yer uchun xavfni oldini olish mumkinmi?

Shanba kuni kechqurun Yer va Oy orbitalari orasida yerdagi butun shaharni yo‘q qilishga qodir ulkan asteroid uchib o‘tdi, deya ma’lum qiladi BBC News. Baxtimizga NASA Amerika kosmik agentligi bashorat qilinganidek, u Yer va uning sun’iy yo‘ldoshi bilan to‘qnashmadi.

2023 DZ2 asteroidining diametri 40 metrdan 90 metrgacha. U Toshkent vaqti bilan taxminan 24:49 da Yerdan taxminan 175 ming kilometr masofada uchib o‘tgan. Bunday yirik asteroidlar kamdan-kam hollarda sayyoramizga yaqinlashadi. Astronomlar asteroidning uchib o‘tishini o‘n yilda bir marta sodir bo‘ladigan hodisa deb atashadi.

NASA ma’lumotlariga ko‘ra, asteroidning o‘tishi olimlarga uni sinchiklab o‘rganish, jumladan, ob’yektning Yer bilan ehtimoliy to‘qnashuviga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatini beradi.

Parvoz yaqinligi tufayli asteroidni Yerdan durbin yoki kichik teleskop yordamida, “Virtual teleskop” loyihasi yordamida Internetda kuzatish imkoniyati bo‘ldi.

Olimlarning fikricha, ushbu asteroid 2026 yilda yana Yer orbitasiga yaqin masofada uchadi, biroq shunda ham u sayyoramiz bilan to‘qnashmaydi.

Mart oyi boshida olimlar xuddi shunday o‘lchamdagi yana bir asteroid — kashf qilishdi va tadqiqotchilar bir muddatga uning sayyoramizga 2046 yil 14 fevral kunida urilishi ehtimolini ham ko‘rishdi.

Katta asteroid Yer bilan to‘qnashuv yo‘nalishiga chiqsa ham, endi insoniyat o‘zini himoya qilish imkoniyatiga ega, deyishadi NASAda. 

O‘tgan yilning sentyabrida NASA uchuvchisiz kosmik kema yordamida asteroid orbitasini o‘zgartirish bo‘yicha birinchi tajribani o‘tkazdi. Kosmik agentligining zondi diametri 163 metr bo‘lgan "Dimorf" asteroidiga borib urildi.

Bu insoniyatning sayyorani himoya qilish mexanizmini ishlab chiqishga birinchi urinishi bo‘ldi. 

G.Xoldorova tayyorladi.