G‘alati va sirli asteroid

Cheksiz koinotda kichik Pluton sayyorasi ortida Sedna nomli sirli asteroid bor. U quyosh sistemasidagi eng yirik va u juda qizil - hatto qizillikda Marsni ham ortda qoldiradi. Negaligi noma’lum.

Ammo asosiy sir boshqa narsada. Sedna quyosh atrofini 10 ming yilda to‘liq aylanib chiqadi. Yana deng, orbitasi juda tortilgan, quyosh sistemasidan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu asteroid yo bizga boshqa yulduzlar sistemasidan uchib kelgan yoki ayrim olimlarning fikricha, uni qandaydir yirik ob’yektning gravitatsion tortishi aylana orbitadan chiqarib yuborgan. U qanaqa ob’yekt? Astronomlar hech uni aniqlay olishmayapti.

***

Koinotdan xabarni kim uzatdi?

Hozircha bu bahri-muhit - koinotdan birinchi xabar. U 37 sekund davom etdi. 1977 yil 15 avgust kuni Delaver shtatida radioteleskop uni qayd etib, yozib oluvchi tizimi bir maromda tebrandi. Necha yillar o‘tsa-da hozirgacha buning sababini hech kim bilmaydi. To‘lqin O‘qchi yulduzlar turkumidan 1420 Mgs ga yaqin chastotada kelgandi. Xalqaro bitimga muvofiq, Yerda bunday diapozonda xabar uzatish taqiqlangan.

Bu yo‘nalishda bizga eng yaqin yulduz 220 yorug‘lik yili narida joylashgan (Bir yorug‘lik yili Yer hisobida 100 yilga teng). Agar xabar o‘sha yerdan kelgan bo‘lsa, aqlbovar qilmas qudratli “peredatchik”ka ega o‘zga sayyoralik sivilizatsiya mavjudligini bildiradi. Samoning o‘sha qismidan boshqa xabar kelgani yo‘q.

T.Shomurodov tayyorladi.