Marsda millionchi-shaharlar qachon paydo bo‘ladi?
Marsda odamlarning doimiy bo‘lishi o‘n yillikning oxiriga kelib mumkin bo‘ladi va 2100 yilga kelib har bir kishi millionchi-shaharda bo‘lishga umid qilsa bo‘ladi, deydi «Mars jamiyati» prezidenti Robert Zubrin.
Ma’lumki, 2020 yil iyulda uchirilgan yangi Amerika Perseverance roveri payshanba kuni Marsga qo‘ndi. Yangi rover yordamida NASA sayyoraning geologiyasi va tuzilishi bo‘yicha yangi ma’lumotlar olishga, keyinchalik Yerga yuborish uchun uning tuproq namunalarini to‘plash rejalashtirilmoqda. Perseverance ilmiy asboblari orasida Mars atmosferasidan kislorod oladigan qurilma mavjud. Uning ishlab chiquvchilari kelajakda ushbu texnologiya Mars missiyasi paytida zarur bo‘lgan raketa yoqilg‘isini olish talabini qondiradi.
SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Maskning so‘zlariga ko‘ra, 2030 yilgacha tayyorgarlik ishlari davom etadi. Ehtimol, 2026-2028 yilga kelib Starship kemalari yuk yoki robotlashtirilgan missiyalar bilan Marsga jo‘natilib, avtomatlashtirilgan baza qurilishini boshlaydi. Odamlarni u yerga jo‘natishdan oldin bizga Marsning kislorodi va suvidan yoqilg‘i ishlab chiqarish elektr stansiyalari, tizimlar kerak, deydi olim.
Maskning 2050 yilga qadar Marsga millionlab yerliklarni yuborish fikrini Zubrin «ambitsiyali» deb hisobladi. «Ammo biz bu vaqtga qadar ming kishini jo‘natishimiz mumkin bo‘ladi, ko‘proq odamlarga sharoit yaratish uchun ular Marsda sanoat va qishloq xo‘jaligi imkoniyatlarini yaratadi. Odamlar qancha ko‘p Marsga uchib, Marsda tug‘ilsa, biz shuncha tez imkoniyalarni kengaytiramiz - 2070 yilga kelib biz shaharga, 2100 yilga kelib millionchi-shaharga yoki undan ham ko‘prog‘iga aylanamiz», dedi Zubrin.
G.Xoldorova tayyorladi.