«Prezident olimpiadasi»: Samarqand — “Sport turlari geografiyasini kengaytirishga munosib hissa qo‘shayotgan hudud”
Toshkentda 15-17 yoshdagi sportchilar o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston olimpiya cho‘qqilari” sport o‘yinlarining final bosqichi – «Prezident olimpiadasi» musobaqalari yakunlandi.
O‘n kun davom etgan musobaqada viloyatimizdan 10 sport turi bo‘yicha 222 nafar sportchi ishtirok etib, 8 ta oltin, 6 ta kumush va 17 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bellashuvlar yakunida sport o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi va turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandi.
Jumladan, “Sport turlari geografiyasini kengaytirishga munosib hissa qo‘shayotgan hudud” nominatsiyasi bo‘yicha Samarqand viloyati e’tirof etildi.
Umumjamoa hisobida 1-o‘rinni Toshkent shahri (26 ta oltin, 15 ta kumush, 12 ta bronza), 2-o‘rinni Toshkent viloyati (18 ta oltin, 8 ta kumush, 30 ta bronza) va 3-o‘rinni Xorazm viloyati (16 ta oltin, 12 ta kumush, 24 ta bronza) qo‘lga kiritdi.
Kelgusida mazkur musobaqalar tarkibiga suv sporti, velosport, triatlon, qilichbozlik va jamoaviy sport turlari kiritilishi rejalashtirilmoqda.