«Prezident olimpiadasi» musobaqalari boshlandi

Unda 222 nafar sportchi viloyatimiz sharafini himoya qilmoqda

Toshkentda 15-17 yoshdagi sportchilar o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston olimpiya cho‘qqilari” sport o‘yinlarining final bosqichi – «Prezident olimpiadasi» musobaqalari boshlandi.

Musobaqada o‘n sport turi bo‘yicha 222 nafar sportchi viloyatimiz sharafini himoya qilmoqda.

Bellashuvlarning ilk kunida badiiy gimnastika, yengil atletika, boks va erkin kurash bahslari o‘tkazilmoqda.

“Prezident olimpiadasi” musobaqalari Toshkentdagi “Olimpiya shaharchasi” sport inshootlari, gimnastika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar va o‘smirlar Olimpiya zaxiralari sport maktabi, Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida bo‘lib o‘tyapti.

Musobaqa g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Shuningdek, birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan sportchilar Respublika olimpiya va paralimpiya markaziga qabul qilinadi.

Bunda 1- va 2-bosqich o‘quvchilariga tegishli tartibda stipendiya to‘lanishi belgilangan.