Yaponlar 2024 yilda Fobosdan tuproq namunasi olib keladi

Mars va uning yo‘ldoshlariga Yer apparatlari ko‘p marotaba yetib borgan. Ammo yaponlar birinchi marta Marsga borish va qaytib kelishga qaror qildilar.

Bunga ajablanmasa ham bo‘ladi. Negaki, Yaponiya kosmosni o‘zlashtirish bo‘yicha Rossiya, AQSh, Xitoydan keyin to‘rtinchi o‘rinda turibdi. To‘g‘ri, bu borada Hindistonni ham esdan chiqarmaslik kerak.

Biroq yapon kosmik agentligi JAXA sayyoralararo, loyihalar sohasida chinakam o‘zib ketishga jiddiy qaror qilgan.

Ulardan biri - Marsning ikkinchi yo‘ldoshidan biri Fobosga borib qaytish. Birinchi missiya 2024 yilga rejalashtirilmoqda. Ilmiy missiyaning Fobosda bo‘lishi uch yildan ko‘proqqa mo‘ljallanmoqda. Fobosga yetib borgan apparat uning tuprog‘idan namuna olishda 11 ta asbobdan foydalanadi: 2 metr chuqurlikdan kovlab olingan 10 gramm tuproq namunasi Yerga yetkazib kelinadi.

Tanballar uchun krossovka

Bog‘ichni bog‘lashga erinyapsizmi? Yoki qorningiz xalaqit beryaptimi? «NIKE» kompaniyasi siz uchun avtobog‘ichli krossovka ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Uni NBAning «Memfis Grizzlis» basketbol jamoasi o‘yinchisi Ja Morant o‘zida sinab ko‘rdi. Narxi 400 dollar bo‘lgan krossovka, faqat basketbolchilar uchun emas, undan hamma foydalanishi mumkin. Xo‘sh, bog‘ich qanday qilib avtomatik bog‘lanadi? Juda oddiy. Krossovkadagi tugmachani bosasiz, vassalom. Yoki qo‘lingizda poyabzalga qo‘shib sotilgan pult tugmachasini bosasiz.

«Mir novostey» (2020 y. 12-son) gazetasidan T.Murod tarjimasi.