Komada 42 yil: Floridadagi “Uyqu sohibjamoli”ning fojiali taqdiri

Amerikalik Eduarda O‘Bara umrining ko‘p qismi - 42 yilini komada o‘tkazdi. 16 yoshida Eduarda diabetik komaga tushib qoldi va shundan so‘ng hech qachon “uyg‘onmadi”. Shunisi e’tiborga loyiqki, Eduardaning ko‘zlari doimo ochiq bo‘lsa-da, ongi ishlamasdi. U boshqalarni eshitmas, ularni ko‘rmas, atrofdagi dunyoni hech qanday tarzda idrok eta olmas edi.
Qiz tobi qochib, komaga tushishdan oldin onasiga “Meni tashlab ketmaslikka va’da bering”, deb iltimos qilgan. Onasi esa umrining oxirigacha uning iltimosini bajardi.
Key O‘Bara muntazam ravishda qizining tug‘ilgan kunini o‘tkazib, unga g‘amxo‘rlik qilib, umrining keyingi 35 yilini uning yonida o‘tkazdi.
2008 yilda onasi 80 yoshida vafot etgandan so‘ng Eduardaga singlisi Kollin qaray boshladi. Aynan u 2012 yilda “uyqu sohibjamoli”ning o‘limi guvohi bo‘ldi.
- Kecha Eduardaga qarab turgan paytimda, to‘satdan u ko‘zlarimga tik qaradi va menga qarab chiroyli tabassum qildi. Keyin 42 yil koma holatida yotgan opam 59 yoshida vafot etdi. U ko‘zlarini yumdi va onamning oldiga, jannatga ketdi. Eduarda nafaqat eng yaxshi opa edi, balki u menga sabr-toqatni o‘rgatdi. Ilgari men bu xislat nimaligini bilmasdim. Bu haqiqatan ham ajoyib, - deb yozgan edi u.