Shtat qisqarganda ishda qolishda kimlarga ustunlik beriladi?

Shtat qisqarishi natijasida xodimlar ishdan bo‘shatilganda malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq xodimlar ishda qoldiriladi.

 Malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bo‘lganda esa quyidagilarga afzallik beriladi:

- qaramog‘ida 2 yoki undan ko‘p kishi bo‘lgan xodimlarga;

- oilasida mustaqil ish haqi oluvchi boshqa xodim mavjud bo‘lmaganlarga;

- shu ish beruvchida uzoq muddat ish stajiga ega bo‘lganlarga;

- malakasini oshirayotgan xodimlarga hamda o‘qishni tamomlagan shaxslarga;

- ushbu tashkilotda mehnatda mayib bo‘lgan yoki kasb kasalligiga uchragan shaxslarga;

- nogironligi bo‘lgan shaxslarga;

- 1941–1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlar bo‘yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;

- mehnatdagi yutuqlari uchun rag‘batlantirishlarga ega va intizomiy jazolarga ega bo‘lmagan xodimlarga;

- atom ob’yektlaridagi avariyalar oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarga.