Google sotiladimi? Shekspir dastxati-chi?Sushi tayoqchalari va akvariumdagi balichqa: dunyodagi eng qimmat narsalar
O‘rta daromadli iste’molchi bir qarashda qandaydir narsalarning yuqori qo‘yib yuborilganbahosidan qo‘rqib ketishi mumkin. Ba’zi boy odamlar esa unchalik noloyiq narsalarga haddan tashqari pul sarflashga tayyor. Masalan, akvariumdagi bitta baliq uchun kim katta pul to‘lagan bo‘lardi?
Arovana baliqchasi, 400 ming AQSh dollari

Kamdan-kam uchraydigan, qimmat akvarium Arovana baliqlarining o‘lchami 90 santimetrcha keladi. Bu baliqlar o‘z egalarini tanishga qodir,ular buyruqlarga bo‘ysunadi va inson qo‘lidan ovqatlanadi. Shunday bo‘lsa-da, ular o‘z atrof-muhitiga nisbatan juda injiq. Noziktabiat Arovana keng, toza suvli akvarium va ta’sirchan miqdordagi tirik (foydali) ovqatni talab qiladi.
Sushi tayoqchalari, 450 ming AQSh dollari

Tayoqchalar kabi oddiy oshxona anjomini juda qimmat qilish insofsizlikka kiradi, lekin bu yerda ham ixtirochilar topildi! Dunyoga mashhur Louis Vuitton xolding kompaniyasi Osiyo taomlarini yaxshi ko‘radigan badavlat kishilar uchun ana shunday qimmat, nafis tayoqchalarni yaratdi.
Bir shisha aroq, 1 million AQSh dollari

Shotlandiyada tayyorlanadigan Diva Premium dunyodagi eng qimmat aroq hisoblanadi. An’anaviy ko‘mirdan foydalanib tozalashdan tashqari, bu aroq muz va olmos kukunidan foydalangan holda yana uch marta filtrdan o‘tkaziladi. Shisha ichigaolmoslar ham terib chiqiladi, ularning ko‘pligi esa aroq narxini belgilaydi.
Dastxat, 5 million AQSh dollari

Yer yuzidagi eng qimmat dastxat Uilyam Shekspirning avtografidir. Dunyoda jahon adabiyotining klassikasiga aylangan yozuvchi dastxat qo‘ygan bor-yo‘g‘i oltita kitob bor.
Soat, 1 million 982 ming AQSh dollari

Patek Philipp kompaniyasi ishlab chiqargansoatlar eng qadimgi yuqori sifat belgi - “Jeneva tamg‘asi”ga ega. Ushbu kompaniyaning ijod mahsuli “Ginnesning rekordlar kitobi”ga eng qimmat va murakkab mexanizmli soatlar sifatida kiritilgan.
Brend, 485 milliard AQSh dollari

Dunyodagi brendlar orasida yetakchi «Google»2008 yilda 485 milliard AQSh dollaridan ortiq rekord narxga baholandi.
Avtomobil raqami, 14 million AQSh dollari

Abu-Dabilik tadbirkor o‘z mashinasining davlat raqami uchun 14 million AQSh dollarito‘lab berdi. Bitta "1" raqamdan iborat avtomobilraqami va uning bahosi “Ginnesning rekordlar kitobi”dan joy oldi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.