Samarqand shahrida tabiiy gazdan gazso‘rg‘ich qurilmasi orqali foydalangan klinika fosh etildi

"O‘zenergoinspeksiya" viloyat hududiy boshqarmasi, IIB va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Samarqand shahrida "Sh.N.K." MChJga qarashli klinikada gazso‘rg‘ich qurilmasi orqali tabiiy gazdan foydalanish holati aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 241 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

" O‘zenergoinspeksiya" axborot xizmati.