“Ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bo‘yicha injiniring kompaniyasi" davlat muassasasiga direktor tayinlandi
Viloyat hokimi qarori bilan Xoljigitov Rabbimqul Abdurahmonovich viloyat hokimligi huzuridagi "Ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bo‘yicha injiniring kompaniyasi" davlat muassasasi direktori lavozimiga tayinlandi.
R.Xoljigitov 1967 yilda Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida tahsil olgan.
Dastlab viloyat “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasida chilangar, nazoratchi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
2001-2004 yillarda viloyat hokimligi nazorat bo‘limida yetakchi inspektor, 2008 yilgacha viloyat hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyatida yetakchi mutaxassis bo‘lib ishlagan.
Shuningdek, “Markazgaz” unitar korxonasining Samarqand shahar filiali boshlig‘i, viloyat hokimining sanoat, tadbirkorlik, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyatida yetakchi mutaxassis, bosh mutaxassis lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2016-2017 yillarda “Toza hudud” davlat unitar korxonasining Samarqand tumani filiali boshlig‘i, 2018-2021 yillarda Bulung‘ur tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiya va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, so‘ngra “Ko‘p xonadonli uylarni mukammal va joriy ta’mirlash hamda issiqlik ta’minoti ob’yektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi viloyat hududiy filiali direktori lavozimida ishlagan.