Triatlon bo‘yicha jahon chempionati va para triatlon bo‘yicha jahon kubogi bahslariga start berildi

Jahon chempionati bahslarida 30 ga yaqin mamlakatdan 700 nafar sportchi qatnashmoqda.

Musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibi, O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi Viktor Mahmudov, viloyat hokimi Adiz Boboyev, Sport vaziri Adham Ikromov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev ishtirok etib, sportchilarga omad tiladi.

Musobaqa ishtirokchilari “World Championship” doirasida Standart masofada 1,5 kilometr suzish, 40 kilometr velosiped poygasi va 10 kilometrga yugurish bahslarida qatnashadi. 

“World Triathlon Para Cup”da turli toifadagi para-atletlar, xususan, jismoniy cheklovlarga ega atletlar ( PTS2-3-4-5), nogironlik aravachasidagi atletlar (PTWC) va ko‘rish qobiliyati cheklangan atletlar, o‘z gidlari bilan (PTVI ) ishtirok etadi.

Sprint masofasida esa 750 metr suzish, 19 kilometr velopoyga hamda 5 kilometrga yugurish musobaqalari o‘tkaziladi.