24 avgust kuni ayrim joylarda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi

Samarqand shahrida joriy yilning 23-24-avgust kunlari triatlon bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan tadbirlarni yuqori kayfiyatda o‘tkazish va joylarda jamoat tartibini saqlash maqsadida 24 avgust kuni soat 06:00 dan soat 13:00 ga qadar quyidagi manzillarda transport vositalarining harakati cheklanadi.
Yopiladigan asosiy ko‘chalar:
– Dahbed ko‘chasi (Motrid, Xo‘jag‘unjoyish, Humo, Ma’rifat mahallalari hududi);
– Ibn Sino ko‘chasi (Oqsaroy, Ibn Sino mahallalari hududi);
– Rudakiy ko‘chasi (Istiqbol, Yangi Xayrobod, Afrosiyob, Imom Vose mahallalari hududi);
– Toshkent ko‘chasi (Muborak mahallasi hududi);
– Registon ko‘chasi (Registon mahallasi hududi);
– Universitet xiyoboni (Amir Temur, Alisher Navoiy, Hamid Olimjon mahallalari hududi);
– Namozgoh ko‘chasi (Furqat, Namozgoh, Xo‘ja Ahror Vali mahallalari hududi);
– Termiz ko‘chasi (Chashma, Qo‘shchinor mahallalari hududi);
– Sadriddin Ayniy ko‘chasi (Sadriddin Ayniy, Xalifa Ibrohim, G‘ofur G‘ulom, Charmgari, Bog‘i Feruza mahallalari hududi);
– Shabbod ko‘chasi (Abdurahmon Jomiy, Kaftarxona, Ogahiy, Ibn Sino mahallalari hududi);
– Katta O‘zbek trakti (Rasadxona mahallasi hududi);
– Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasi (Qo‘shtamg‘ali, Qoziariq, Juyisoy, Sharq tongi, Davlatshoh Samarqandiy mahallalari hududi);
– Zarafshon ko‘chasi (O‘zbekkenti mahallasi hududi);
Musobaqa masofalari:
1,9 kilometr suzish;
87 kilometr velosiped;
21,5 kilometr yugurish;
Yo‘llar yopilishi bois haydovchi va piyodalarni vaqtinchalik noqulaylik yuzaga kelishi va harakatda ehtiyotkor bo‘lishga chaqiramiz.