Triatlon bo‘yicha jahon chempionati (World Triathlon Championship Series – 2026) yakunlandi
Ilk bor Samarqand shahrida o‘tkazilgan nufuzli musobaqada 28 dan ortiq davlatdan 100 nafarga yaqin xorijiy atletlar ishtirok etdi.
43 nafar sportchi ishtirok etgan “World Triathlon Championship Series – 2026” bahslarini ayollar o‘rtasidagi bellashuvida Buyuk Britaniyalik Beth Potter birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni fratsiyalik Leone Perolt,uchinchi o‘rinni esa Lyuksemburg vakilasi Janni Lehar egalladi.

Erkaklar bahsida esa 52 nafar atlet o‘zaro bellashdi. Unda portugaliyalik atlet Vasko Vilaja mahoratini namoyish etib, birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin Germaniya vakili Genri Grafga nasib etgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni kanadalik Charlez Paket qo‘lga kiritdi. Yurtimiz vakili Jeremi Kuindos musobaqani 17-o‘rin bilan yakunladi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlarini Jahon triatlon tashkiloti prezidenti Antonio Arimani hamda O‘zbekiston triatlon federatsiyasi rahbari Viktor Mahmudov taqdirladi.

Ertaga, 26 aprel kuni paratriatlon bo‘yicha jahon kubogi (World Triathlon Para Cup) ham o‘tkaziladi. Unda ishtirokchilar toifasi bo‘yicha bahslarga kirishib, 750 metrga suzish, 19 kilometrga velopoyga va 5 kilometrga yugurish bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishadi.