Samarqand viloyati bojxona boshqarmasiga boshliq tayinlandi

Boshqarmaga 2020 yil noyabrdan bojxona xizmati polkovnigi Mirzarahimov Yakub Hakimovich rahbarlik qilgan edi. 

Ya.Mirzarahimov joriy yilning fevral oyida pensiyaga kuzatilgandi. 

O‘shandan buyon bo‘sh turgan Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshliqligiga polkovnik Salixov Shavkat San’atovich tayinlandi. 

U 2024 yil iyun oyidan Xorazm viloyati bojxona boshqarmasini boshqarib kelayotgan bo‘lgan. Bungacha Sh.Salixov (2021 yil 8 iyuldan) Jizzax viloyati bojxona boshqarmasini boshqargan.

Undan avval esa Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.