Odamlarning ommaviy g‘oyib bo‘lish sirigaolimlar hanuz javob topa olmayapti

Kundalik yangiliklarda biz Yer yuzining qaysidir nuqtasida biror bir kishining izsiz yo‘qolib qolgani haqida eshitib turamiz. Bunday holatlar ko‘pincha jinoiy faoliyatlar bilan bog‘lansa-da, hozirgi zamonda deyarli har bir kishi o‘zi bilan geolokatsiya texnologiyalarini olib yurishi va mobil qurilmalar orqali qutqaruv xizmatlarini chaqira olishi bois yer yuzida adashib qolish qiyin.

Biroq, bunday texnologiyalar mavjud bo‘lmagan o‘tgan asrdagi odamlarning ommaviy g‘oyib bo‘lganholatlari ilm-fan uchun shu kungacha sir bo‘lib qolmoqda.

Shimoliy Rozuell

1930 yilning ayozli noyabr oqshomida kanadalik ovchi Jozef Labell keyinchalik "ShimoliyRozuell" deb atalgan dahshatli bir holatga duch keldi. Angikuni ko‘li bo‘yidagi kichik bir qishloq ovchida o‘chmas taassurot qoldirdi: dasturxonlarida hali sovimagan va yemay qoldirilgan taom qoldiqlari bo‘lgan qishloqaholisi, tub joyli inuitlarning barchasi bir zumda g‘oyib bo‘lib qolgan edi.

Jozef qishloqdagi har bir kulbani ko‘zdan kechirdi va barcha buyumlar hamda oziq-ovqat zaxiralari namunali tartibda joylashtirib qo‘yilganligining guvohi bo‘ldi. Shuningdek, u qishloq yaqinidagi qabristonda ochilgan eskiqabrlarni ham topdi. Labbel shoshilinch ravishda eng yaqin telegraf stansiyasiga yo‘l oldi va Kanada polisiyasiga ushbu "arvoh qishloq" haqida xabar berdi. Bedarak yo‘qolgan inuitlarning hech qanday izi topilmadi. O‘sha paytda qishloqda taxminan 200 kishi istiqomat qilgan, ushbu hodisa siri esa qariyb bir asrdan beri ochilmay qolmoqda.

Gallipoli jumbog‘i 

1915 yilning avgust oyida, Birinchi jahon urushidagi Dardanell (Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan Usmonlilar imperiyasiga qarshi amalga oshirilgan yirik dengiz-quruqlik desant)operatsiyasining Gallipoli yurishi paytida Norfolk polkining butun bir bataloni izsiz g‘oyib bo‘ldi. Garchi bu hodisani harbiy hiyla-nayrang bilan izohlash mumkin bo‘lsa-da, batalon guvohlar ko‘z o‘ngida go‘yoki havoga singib ketgandek yo‘qoldi-qoldi. Xuddi shu paytda front chizig‘ida Yangi Zelandiya askarlaridan iborat rota joylashgan edi, uzoq o‘lkadan kelgan bu askarlar Norfolk bataloni askarlari turk pozisiyalariga hujum qilishga hozirlanayotgan bir paytda yerga quyuq bulutlar tushganini tasdiqlashdi.

Batalon dadillik bilan bulutlar ichiga kirib bordi, tuman tarqalgach, hujum joyida hech kim qolmagan edi. Norfolk polkining barcha 267 nafar askari shu kunga qadar bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida qolmoqda. Buyuk Britaniya ushbu hodisani tekshirishga bir necha bor urinib ko‘rdi va hatto yordam so‘rab Turkiya rasmiylariga murojaat qildi. Hyech qanday iz topilmagach, bu urinishlar samarasiz yakunlandi.

Stounxendj ustidagi bo‘ron

1971 yilning avgust oyida bir guruh shijoatli yosh hippilar vaqtni chog‘ o‘tkazish uchun Stounxendj xarobalari tomon yo‘l olishdi. Muqobil madaniyat vakillari butunjahon meros ro‘yxatiga kiritilgan ushbu maskanning qoq markazida chodirlar tikib, gulxanlar yoqishdi. Ular o‘zlari bilan gitara, taqiqlangan chekish aralashmalari va turliichimliklar olib kelishgandi, lekin tungi soat 2 lar atrofida kuchli momaqaldiroq ularning hordig‘ini buzdi.

Keyinroq ikki guvoh - mahalliy fermer va u chaqirgan polisiya xodimi chaqmoq to‘g‘ridan-to‘g‘ri Stounxendjga urgani haqida guvohlik berishdi. Toshli halqa shunday kuchli ko‘k nur bilan yorishib ketdiki, kuzatuvchilar ko‘zlarini to‘sishga majbur bo‘lishdi. Bir necha soniya davomida hippilarning baqiriqlari eshitilib turgandi, lekin polisiya megalitga yaqinlashganida, u yerda taklif etilmagan mehmonlarning hech qanday izi topilmadi. Guruhdan qolgan yagona narsa — tutab yotgan chodir qoziqlari va so‘nayotgan gulxan kuli bo‘ldi.

"To‘satdan olov alangasi Stounxendjni g‘ayritabiiy ko‘k chiroq bilan yoritib yubordi. Bize’tiborimizni tortgan qadimiy toshlar tomon qaradik, o‘sha paytda bu toshlar bizga juda dahshatli tuyuldi."

Guvohlar so‘zlaridan.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.