“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mahallalarda keng targ‘ib etilmoqda

Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida Samarqand shahrining “Nurli yo‘l” mahallasida tizimli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Universitet rektori J. Rizayev tashabbusi bilan anatomiya kafedrasi jamoasi mahalla aholisi bilan tashkil etilayotgan uchrashuvlar davomida aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ta’lim va tibbiyot sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar tarbiyasi hamda ma’naviy barkamollikni yuksaltirish masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berib kelmoqda.

Ayniqsa, ochiq muloqot shaklida o‘tayotgan suhbatlar fuqarolarning tibbiy madaniyatini oshirish, kasalliklarning oldini olish, oilaviy sog‘lom muhitni shakllantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Mazkur targ‘ibot ishlari aholi ongida amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishga xizmat qilib, jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Baxtiyor Qiyomov,

Samarqand davlat tibbiyot universiteti o‘qituvchisi.