Faysal Aqif Misqal al-Fayoz: O‘zbekiston yuksak salohiyatga ega mamlakat
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Senati Raisi Faysal Aqif Misqal al-Fayoz boshchiligidagi delegatsiya bugun Samarqandda bo‘ldi.
Yuqori martabali mehmonlarni Samarqand temiryo‘l vokzalida viloyat hokimligi mas’ullari kutib oldi.
Iordaniya parlamenti delegatsiyasi Samarqanddagi muqaddas qadamjo va tarixiy-madaniy yodgorliklarni ziyorat qildi.

Imom Buxoriy majmuasida bo‘lgan mehmonlar davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bu yerda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlarini e’tirof etib, ziyoratgoh ulug‘ allomaning Islom olamida tutgan mavqeiga mos ko‘rkam va salobatli maskanga aylanganini ta’kidladi.
– O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib bormoqda, - dedi Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Senati Raisi Faysal Aqif Misqal al-Fayoz. - Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning o‘tgan yil O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi hamkorlikni istiqbolli yo‘nalishlarini ochib berdi. Ayni paytda O‘zbekiston rahbarining yurtimizga tashrifi rejalashtirilmoqda va bu tashrif o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonaman. Chunki O‘zbekiston yuksak salohiyatga ega mamlakat. Uning boy tarixi, bugungi yuksak taraqqiyoti har qanday hamkorni o‘ziga jalb etadi. Tashrifimiz davomida Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi, bugun Imom Buxoriy majmuasi va yana ko‘plab tarixiy obidalarda bo‘lib, O‘zbekistonning kelgusi taraqqiyoti juda ulkan bo‘lishini tasavvur qilyapman. Imom Buxoriydek ulug‘ zotning yurti, albatta, kelajagi porloq bo‘ladi. Imom Buxoriy butun islom dunyosida ilohiy qobiliyatga ega shaxs sifatida ulug‘lanadi. Buyuk muhaddis mangu qo‘nim topgan maskanning obodligini ko‘rib ko‘zimiz quvnadi. Umuman, Samarqand zamini tabarruk tuproq. tFaysal Aqif Misqal al-Fayoz: O‘zbekiston yuksak salohiyatga ega mamlakat.
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Senati Raisi Faysal Aqif Misqal al-Fayoz boshchiligidagi delegatsiya bugun Samarqandda bo‘ldi.

Yuqori martabali mehmonlarni Samarqand temiryo‘l vokzalida Samarqand viloyati hokimligi mas’ullari kutib oldi.
Iordaniya parlamenti delegatsiyasi Samarqanddagi muqaddas qadamjo va tarixiy-madaniy yodgorliklarni ziyorat qildi.
Imom Buxoriy majmuasida bo‘lgan mehmonlar davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bu yerda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlarini e’tirof etib, ziyoratgoh ulug‘ allomaning Islom olamida tutgan mavqeiga mos ko‘rkam va salobatli maskanga aylanganini ta’kidladi.

– O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib bormoqda, - dedi Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Senati Raisi Faysal Aqif Misqal al-Fayoz. - Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning o‘tgan yil O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi hamkorlikni istiqbolli yo‘nalishlarini ochib berdi. Ayni paytda O‘zbekiston rahbarining yurtimizga tashrifi rejalashtirilmoqda va bu tashrif o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonaman. Chunki, O‘zbekiston yuksak salohiyatga ega mamlakat. Uning boy tarixi, bugungi yuksak taraqqiyoti har qanday hamkorni o‘ziga jalb etadi. Tashrifimiz davomida Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi, bugun Imom Buxoriy majmuasi va yana ko‘plab tarixiy obidalarda bo‘lib, O‘zbekistonning kelgusi taraqqiyoti juda ulkan bo‘lishini tasavvur qilyapman. Imom Buxoriydek ulug‘ zotning yurti, albatta, kelajagi porloq bo‘ladi. Imom Buxoriy butun islom dunyosida ilohiy qobiliyatga ega shaxs sifatida ulug‘lanadi. Buyuk muhaddis mangu qo‘nim topgan maskanining obodligini ko‘rib ko‘zimiz quvnadi. Umuman, Samarqand zamini tabarruk tuproq. Tarixiy obidalarning har bir o‘ziga xos ma’no-mazmunga, boy tarixga ega. Bunday aziz joylarni ko‘rish, ziyorat qilish va ulardan ma’naviy ozuqa olish kerak.
Tashrif davomida mehmonlar Shohi Zinda yodgorligi, Amir Temur maqbarasi, Registon majmuasida ham bo‘lib, ushbu tarixiy obidalar tarixi, ular bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishdi.