“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” hamda “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining joriy yilgi mavsumi boshlandi
Samarqand shahridagi o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” hamda “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining shu yilgi mavsumiga start berildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Samarqand shahar hokimi F.Umarov, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i J.Nurmonov ishtirok etib, sportchilarga omad tiladi.
Joriy yilgi mavsumda musobaqalar 13-14 yoshli sportchilar (badiiy gimnastika bo‘yicha 11-12 yoshli) o‘rtasida 21 ta olimpiya sport turi 205 ta
dastur bo‘yicha uch bosqichda o‘tkazilishi belgilangan.
Bellashuvlarning birinchi bosqichi mart-aprel oylarida “Tuman va shahar hokimi olimpiadasi”, ikkinchi bosqichi may-iyun oylarida “Hokim Olimpiadasi” va uchinchi bosqichi “Prezident Olimpiadasi” sifatida o‘tkaziladi.