Dunyodagi eng sokin shahar: u yerda qattiq qadambosish ham taqiqlangan

 

Dunyoda hayot jo‘sh urib turgan shovqin shaharlar, yoki aksincha sukunat qonunga aylangan joylarmavjud. Ana shunday shaharlardan biri o‘ziga xosligi bilan hayratga soladi.

Gap Avstriyadagi tog‘lar va ko‘l bilan o‘ralgan, mahalliy hokimiyat shovqinli tadbirlarni cheklab qo‘ygan Xalshtat kommunasi haqida ketmoqda. U yerda go‘yo tabiatining o‘zi tinchlik tuyg‘usini kuchaytiradi va tinchlik va osoyishtalik qadrlanadi.

Mahalliy aholi qatiy qoidalarga amal qiladi, hatto ko‘prik ustidagi qadamlar ham ehtiyotlik bilan bosilishi kerak. Sayyohlardan hamjimlikni saqlash talab qilinadi. Baland ovozli suhbatlar va musiqa taqiqlangan.

Mahalliy hokimiyat vakillari jimjitlikni madaniy merosning bir qismi deb hisoblaydi. Aholining qayd etishicha, sukunatda yashash ularnitinchlantiradi va stresslarni kamaytiradi. Dastlab bunday hayot tarzi g‘alati tuyulishi haqida gapirgan sayyohlar aynan shu tuyg‘u uchun, shaharshovqinidan dam olish uchun, jimlikdan bahramand bo‘lish uchun bu yerga kelishadigan bo‘lsa ajabmas.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sukunatsayyohlik brendiga aylanishga ulgurgan. Bu esabutun dunyodan odamlarni o‘ziga jalb qiladi.

Shaharda shovqinli mashinalar yo‘q. Tinchliknisaqlash uchun transport harakati cheklangan.Musiqa faqat belgilangan joylarda ijro etiladi, hatto bayramlar ham tinchgina o‘tadi. Tartib qat’iy nazorat qilinib, qoidabuzarlar jarimaga tortiladi.

Sukunatni qadrlaydigan, shaharni ahillik timsoliga aylantirgan mahalliy aholi o‘z turmush tarzi bilan faxrlanadi. Shahar esa jimlik ham jozibador bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

- Bunday joylar zamonaviy dunyo uchun zarur, ularenergiyani tiklashga yordam beradi, - deydi mutaxassislar. Eng sokin shahar - Xalshtattda hatto qadam tovushlari ham sukunatning bir qismiga aylanishga ulgurgan.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.