Tish shifokori

U qanday tanlanadi, ko‘rsatiladigan xizmatlar qanaqa?

 Samarqand shahrida xususiy tibbiy xizmatlar jadal rivojlanmoqda. Ayniqsa, stomatologiya sohasi so‘nggi yillarda zamonaviy texnologiyalar, yangi uskunalar va malakali shifokorlar bilan boyib bormoqda. Shunga qaramay Google’da “Samarqand stomatolog”, “tish shifokori Samarqand”, “implantatsiya narxi Samarqand” kabi qidiruvlar yuqori chastotaga ega.

Ushbu qiziqishni hisbga olib, Samarqanddagi stomatologiya klinikalarini tanlash, xizmat turlari, taxminiy narxlar va foydali maslahatlar haqida to‘liq ma’lumot berishga harakat qildik.

Demak, Samarqanddagi xususiy va davlat stomatologiya klinikalari quyidagi asosiy xizmatlarni taklif qiladi:

 Implantatsiya va protezlash

Tish implantatsiyasi – yo‘qolgan tish o‘rnini sun’iy ildiz orqali tiklash jarayoni. Samarqanddagi ko‘plab klinikalarda AQSh, Koreya, Germaniya, Shveysariya davlatlarida ishlab chiqarilgan zamonaviy tish implantatlari qo‘yilmoqda.

Implantatsiya bosqichlari:

  • diagnostika (rentgen, 3d tomografiya)
  • implant o‘rnatish
  • abatment va koronka qo‘yish

protezlash turlari:

  • metallokeramika
  • sirkoniy
  • vinir
  • olib qo‘yiladigan sun’iy tishlar ( protez )

Implantatsiya suyak holatiga qarab odatda 3-6 oy davom etadi.

Protezlash turlari esa har bir bemorga individual tarzda 1 haftadan 1 oygacha cho‘zilishi mumkin

Bolalar stomatologiyasi

Tishlarni davolashda bolalar uchun alohida yondashuv talab etiladi. Shu ma’noda aytish mumkin, Samarqandda ko‘plab klinikalarda:

  • sut tishlarini davolash
  • germetizatsiya
  • breket tizimlari
  • profilaktik ko‘riklar alohida interer va og‘riqsiz usullarda qo‘llaniladi.

Ortodontiya (breketlar)

Tishlarni to‘g‘rilash uchun:

  • metall breket
  • keramik breket
  • sapfir breket
  • elayner (kappa)ni bemorga tavsiya qilish mumkin.

Tahlillarga ko‘ra, Samarqandda breket davolash 1-2 yil davom etishi mumkin.

Joriy narxlar

Internet ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqandda stomatoligiya narxlari klinika va materialga qarab farq qiladi.

Xususan, konsultatsiya - 50 000-150 000 so‘m; plomba - 150 000-400 000 so‘m, tish olish - 200 000-600 000 so‘m.

Bundan tashqari, implantatsiya - 3 000 000-8 000 000 so‘m; breket o‘rnatish - 6 000 000-15 000 000 so‘m; vinir - 2 500 000-5 500 000 so‘m.

Albatta, aniq narx klinikadagi diagnostikadan keyin belgilanadi.

Stomatologga qachon murojaat qilish kerak?

Qoidaga ko‘ra, profilaktika uchun har 6 oyda ko‘rik tavsiya etiladi. Bundan tashqari, tish og‘rig‘ida, tish oldirgandan keyingi qon ketishi yoki tish sinishida darhol shifokorga borish kerak.

Noto‘g‘ri tish qatorlari hamda og‘izdan yomon hid kelganda ham stomatolog bilan maslahatlashish foydali bo‘lishi, shubhasiz.

Klinikani qanday tanlash kerak?

To‘g‘ri klinika tanlash – sifatli natijaning asosi. Shu bois, mutaxassislar klinika tanlashda avvalo, shifokor tajribasiga e’tibor qaratishni tavsiya etishadi.

Bunda tabiiyki, oliy ma’lumotli ekanligi, sertifikatlar, ish tajribasi (5+ yil afzal) va real keyslar hisobga olinishi kerak.

Yaxshi klinikada rentgen apparati, 3D tomografiya, sterilizatsiya tizimi va lazer uskunalari bo‘lishi kerak.

Shoshilinch davolanmayotgan bo‘lsangiz, real mijoz fikrlari ham foydali bo‘lishi tabiiy.

24/7 xizmat bormi?

Kechasi og‘riq, tish sinishi va yaralanish kabi shoshilinch holatlar uchun sutkaning 24 soatida ham xizmat ko‘rsatadigan xususiy klinikalar bor. Bunday xizmatlar odatda qo‘shimcha narxda bo‘ladi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Samarqand shahrida stomatologiya xizmatlari yuqori darajada rivojlanmoqda. Implantatsiya, protezlash, ortodontiya va bolalar stomatologiyasi bo‘yicha zamonaviy imkoniyatlar mavjud. Shunday bo‘lsa-da, klinika tanlashda shifokor tajribasi, uskuna va mijoz fikrlariga e’tibor berish muhim.

Shuning uchun bemorlarimizga narxdan ko‘ra sifatni ustun qo‘ying, degan tavsiyani bergan bo‘lar edik!

Alisher AHROROV,

yuz-jag‘ jarrohi, stomatolog-implantolog, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.