Faqat tunda uyiga keladigan qarzdorning “Gentra”si xatlandi

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi Qidiruv shu’basi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida bank foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan qarzdorlik bilan bog‘liq navbatdagi ijro harakati ta’minlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand shahrida yashovchi fuqaro R.U.dan “Mikrokreditbank” ATB foydasiga 19 million so‘m qarzdorlikni undirish belgilangan va unga tegishli “Chevrolet Gentra” rusumli avtotransport vositasiga qidiruv e’lon qilingan.

Qarzdor transport vositasini faqat tunda uyiga olib kelib, kunduzi boshqa joyda saqlayotgani aniqlangan. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida avtomashina qarzdorning yashash manzilida aniqlandi.

Natijada faqat tunda uyiga keladigan qarzdor transporti belgilangan tartibda xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Byuro organlari tomonidan qarzdorlikni undirish borasida tizimli va qat’iy choralar ko‘rilmoqda.