O‘zbekistonliklar mart oyida necha kun dam oladi?
Kelgusi oyda Navro‘z, Ramazon hayiti va 8 mart munosabati bilan dam olish kunlari ko‘zda tutilgan.
Ramazon oyi boshlanishidan 30 kunni 19 fevraldan hisoblasak, Ramazon hayiti bayrami ham 21 martga to‘g‘ri keladi.
Mehnat kodeksining 208-moddasiga ko‘ra, agar dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, u bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Shu tariqa, besh kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun 21 mart dam olish kuni 23 mart dushanba kuniga ko‘chiriladi.
Shunday qilib, 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar 3 kun dam oladilar:
✅ 21 mart - bayram kuni;
✅ 22 mart - yakshanba;
✅ 23 mart - dushanba, ko‘chirilgan dam olish kuni.
6 kunlik ish haftasida ishlovchilar 2 kun dam oladilar:
✅ 21 mart - bayram kuni;
✅ 22 mart - yakshanba.
Eslatib o‘tamiz, bu yil 8 mart (Xalqaro xotin-qizlar kuni) ham yakshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Bunda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun uch kun dam olish nazarda tutiladi:
✅ 7 mart - shanba, dam olish kuni;
✅ 8 mart - yakshanba, bayram;
✅ 9 mart - dushanba, ko‘chirilgan dam olish kuni.
6 kunlik ish haftasida ishlovchilar 2 kun dam oladilar:
8 mart - bayram;
9 mart - dushanba, ko‘chirilgan dam olish kuni.