Yangi yil bayramida barcha xodimlarga 5 kun dam olish berilishi mumkin
- 13.12.2021 13:52
- 252
- O‘zbekiston
2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi Prezident farmoni loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda 2022 yil 3 yanvar — dushanba, 4 yanvar — seshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.
Hujjat qabul qilinsa, o‘zbekistonliklar Yangi yil bayrami munosabati bilan ketma-ket 5 kun (31 dekabrdan 4 yanvargacha) dam oladi.
Xususan:
➖2021 yil 31 dekabr (juma) – 2021-yil 10 maydagi PF-6222-sonli Prezident farmoniga asosan qo‘shimcha dam olish kuni;
➖2022 yil 1 yanvar (shanba) – Mehnat kodeksi 131-moddasiga ko‘ra, ishlanmaydigan kun (Yangi yil bayrami);
➖2022 yil 2 yanvar — yakshanba dam olish kuni;
➖2022 yil 3 yanvar (dushanba) va 4 yanvar (seshanba) kunlari – qabul qilinishi kutilayotgan farmonga asosan qo‘shimcha dam olish kuni.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Aql bovar qilmas qotillik
- Kecha, 21:07
- Mutolaa
Pangat otlarining dovrug‘i qani?
- Kecha, 13:35
- O'qing, qiziq!