Qog‘ozchada bitilgan orzu yoxud dunyo mamlakatlarida Yangi yil bayramida istak tilash an’analari

Ha, shunday. Har bir mamlakatda Yangi yilda turlicha tilak bildirish odati bor. Birida yostiq ostida paxlava yashirilsa, birida no‘xat yeyiladi, yana boshqasida qog‘ozda yozilib, yoqib yuboriladi.

Germaniyada Yangi yilda istak «ustiga sakrab kirish» odati bor. Soat millari 12 ga yaqinlashgach, nemislar stul, zina yoki boshqa bir baland joyga chiqib oladi va oxirgi zarb bilan u yerdan sakrab tushib, istakni baland ovozda aytishadi.

Ozarbayjonda «Yostiq ostida paxlava» va baraklardagi syurprizlar bor. Yostiq ostiga shirinliklar qo‘yiladi — yil shirin o‘tsin, degan niyatda. Bayram baraklari (dyushbara) ichiga esa «syurpriz»lar yashiriladi: tanga - boylikka, uzuk – nikohga, don esa farovonlikka.

Janubiy Koreyada esa istakni quyosh chiqish paytida tilash kerak, deb hisoblanadi, ya’ni Yangi yilning birinchi tongida. Shu sababli ko‘pchilik tun bo‘yi sayr qilib, tong otishini kutib oladi.

Ispaniyada va Lotin Amerikasining ko‘plab mamlakatlarida (Venesuela, Chili, Meksika, Argentina) har bir qo‘ng‘iroq zarbasiga tilak tilab, bir donadan uzum yeyish an’anasi mavjud.

Bolgariyada istakning bajarilishi bo‘saga bog‘liq. Qurantlar vaqtida chiroqlar o‘chiriladi, qorong‘ida o‘zingizga yaqin insonni topib, uni o‘pish kerak. Shunda barcha orzular ushaladi, deb ishoniladi.

***

Latviyada esa kurantlar chog‘ida no‘xat (yoki yashil gorox) yeyilsa, istak amalga oshadi, deb hisoblanadi.

***

Hindistonda Yangi yilda varrak uchirib, shu paytda istak aytish odat tusiga kirgan.

Braziliyada dengiz to‘lqinlariga shamchali kichik qayiqchalar qo‘yib yuboriladi. Agar dengiz «sovg‘a»ni qabul qilib, sohilga qaytarmasa, istak bajariladi, deb ishoniladi.

Buyuk Britaniyada Yangi yil kechasida uy eshiklari keng ochiladi — eski yilning barcha yomonliklari chiqib ketsin, yangi yilning yaxshiliklari va tilak qilingan orzular uyga kirsin, degan niyatda.

***

Yaponiyada Rojdestvo kechasida yostiq ostiga yelkanli kema tasviri tushirilgan rasm qo‘yiladi. Bu uyga baxt olib keluvchi baxt kirib kelishini anglatadi.

***

Fransiyada Yangi yilda pirog pishiriladi, uning ichiga bir dona loviya yoki no‘xat solinadi. Barcha mehmonlar pirogdan bo‘lak oladi, kimga loviya to‘g‘ri kelsa, o‘sha insonning istagi albatta ro‘yobga chiqadi.

***

Rossiya va yana ko‘plab mamlakatlarda istak qog‘ozga yoziladi, kurantlar chog‘ida yoqib yuboriladi, kuli shampan bokaliga solinadi va zudlik bilan ichib yuboriladi.

 

Qozog‘iston: «Qorjin-salom». Yangi yilning birinchi kuni oilaning eng hurmatli a’zosi birinchi bo‘lib uyga kiradi. U maxsus xaltachada shirinliklar olib kirib, ularni uyga «sepadi» va ezgu tilaklar aytadi. Bu marosim oilaga omad va farovonlik olib keladi, deb ishoniladi.

 

Armaniston: «Omad tabaqasi». Yangi yil dasturxonida alohida tabaq (tovoq) qo‘yiladi. Har kim u yerga o‘z eng orzusini ifodalovchi biror buyum qo‘yadi (masalan, mashina kaliti yoki kitob). Bu orzu ro‘yobga chiqishiga yordam beradi, deb ishoniladi.

***

Gruziya: «Mekvle» — yilning birinchi qadami. Aniq yarim tunda oila boshlig‘i bayram pirogi bilan uy ostonasidan o‘ng oyoq bilan qadam qo‘yadi va tost aytadi. Bu marosim butun yilga omad va baraka olib keladi, deb hisoblanadi.

Belarus: «Sepish» marosimi. 1 yanvar tongida bolalar va yoshlar uyma-uy yurib, yenglaridan don sepib, farovon hosil va to‘kin-sochinlik tilaklari bilan qo‘shiqlar aytishadi. Bu qadimiy udum baraka va farovonlikni jalb qilishga qaratilgan.

***

Tojikistonda ko‘pchilik xonadonlarda yil davomida omad uy ostonasidan birinchi bo‘lib kim kirishiga bog‘liq, deb hisoblanadi.

G.Xoldorova tayyorladi.