Yarim yil quruqlikda, yarim yil suv ostida qoladigan park

Avstriyada joylashgan ushbu noodatiy parkda yarim yil davomida cayr qilib, uning betakror manzarasidan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Biroq yilning qolgan olti oyi davomida buning iloji yo‘q.

Park ko‘lning pastki qismida joylashganligi sababli issiq mavsumda u suvga g‘arq bo‘lib qoladi.

Tragoess munitsipalitetida joylashgan ko‘l har tomondan Alp tog‘lari bilan o‘ralgan. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, bu joydagi ko‘l faqat bahor va yozda ko‘rinadi. So‘ngra quyosh ostida ko‘ldagi suv butunlay bug‘lanadi va uning tubidan bog‘ “o‘sib” chiqadi.

Ko‘lning butun tubi bo‘ylab skameykalar o‘rnatilgan, u orqali so‘qmoq yo‘llar o‘tadi va daraxtlar o‘sadi. Kuz va qish davomida bu yerda chiroyli manzarani taqdim etuvchi park bo‘ylab sayr qilayotgan odamlarni kuzatish mumkin.

Bahor kelishi bilan Alp cho‘qqilarida qor eriy boshlaydi. Bu suv pastga oqib, Yashil ko‘l deb nomlangan havzani to‘ldiradi. Bir paytlar skameykalar va daraxtlar turgan joylarga suv qaytadi. Shunday bo‘lsa-da, yilning bu davri davomida siz park manzaralaridan bahramand bo‘la olmaysiz degani emas. Suv ostidagi manzara yanada maftunkor va go‘zal.

Akvalang kiygan sayyohlarga ko‘l suviga sho‘ng‘ishga ruxsat beriladi. Aslida ajoyib parkni ko‘rish hatto uchun sho‘ng‘ish ham shart emas: Yashil ko‘ldagi suv shunchalik tiniqki, suv osti manzarasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qirg‘oqdan tomosha qilsa bo‘ladi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.