Erdagi hech qachon kuz bo‘lmaydigan joylar

Tugab borayotgan kuz fasli salqin harorat, yomg‘irlar va barglarning tushishi, shuningdek, kunduzgi soatlarning qisqarishini va namlikni anglatadi. Har yili takrorlanadigan fasl hamma uchun tanish mavsum bo‘lib qolsa-da, yer yuzida kuz hech qachon kelmaydigan, mahalliy aholi esa bu fasl va kuzdagi zo‘riqishlar haqida hatto tushunchaga ega bo‘lmagan joylar bor.

Yerning harakati va iqlimi

Bu birinchi navbatda ekvator bo‘ylab joylashgan hududlarga tegishli. Amazon mintaqasidagi Markaziy Afrika, Indoneziya, Ekvador va Braziliya mamlakatlarida harorat yil davomida Selsiy bo‘yicha 25-30 daraja atrofida bo‘ladi. Bu joylarda  odatdagi “yoz” va “qish” sikli yo‘q, o‘simliklar kamdan-kam hollarda barglarini to‘kadi, shuning uchun u yerdagi ko‘katlar doimiy yashil bo‘lib, rangini o‘zgartirmaydi.

Tropik orollar

Yana bir kuz bo‘lmaydigan joylar bu - tropik orollar va arxipelaglar. Maldiv orollari, Seyshel orollari va Gavayida yil davomida issiq havo saqlanib turadi. Yog‘in-sochin ko‘p, biroq daraxtlar yashilligicha qoladi va mahalliy aholi o‘zgaruvchan fasllarga emas, balki shamol va yomg‘irlarga ko‘proq e’tibor qaratishadi. Bu yerdagi palma daraxtlari ostidagi sayr qilish esa har doim yozni eslatadi.

Yerdagi cho‘llar

Tabiiyki, cho‘llarda kuz ham, qish ham, bahor ham bo‘lmaydi, shu sababli cho‘llar ham deyarli kuzdan mahrum. Sahroi Kabir yoki Arabiston cho‘lida kunduzgi harorat har doim yuqori, tungi harorat esa salqin bo‘lishi mumkin, ammo bu “kuzgi” effekt yaratish uchun yetarli emas. Siyrak o‘simliklar kamdan-kam hollarda rangini o‘zgartiradi, shuning uchun bu yerda tilla barglarning tushishini hech kim kuzatmagan.

Kuz bo‘lmasligining asosiy sababi - keskin mavsumiy harorat o‘zgarishining bo‘lmasligida. Mo‘’tadil kengliklarda kuz quyosh nuri burchagi o‘zgarishi tufayli sodir bo‘ladi: kunduzgi soat qisqaradi, barglar xlorofillni yo‘qotadi va sarg‘ayadi. Ekvatorial va tropik mintaqalarda quyosh butun yil davomida taxminan teng ravishda porlaydi, shuning uchun barglar yashilligicha qoladi va oddiygina kuz kelmaydi.

Shu tarzda tabiati barqaror, odatiy kuz bo‘lmagan cho‘llar va tropik orollarda, odamlar kuzdagi zo‘riqish va depressiyalar haqida hech narsa bilmasdan yashayveradi.

Bahora Muhammadiyeva.