Mo‘g‘uliston - O‘zbekiston: Agrar sohadagi hamkorlik mustahkamlanmoqda

Mo‘g‘uliston Hukumat ishlari boshqarmasining hududiy boshqaruv va muvofiqlashtirish departamenti boshlig‘i Purev Zorigtbaatar boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga keldi.

Toshkent shahrida ikki mamlakat delegatsiyalari o‘rtasida “Yashil energetika” loyihalarini muhokama qildi. Shuningdek, agrosanoatni rivojlantirish, o‘simliklar karantini va himoyasi agentliklari faoliyati bilan tanishuv, qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, sohadagi ilmiy-tadqiqiot institutlari, innovatsion markazlar va agroxizmatlar markazlari faoliyati bilan tanishishdi.

Mehmonlar, shuningdek, viloyatimizga ham tashrif buyurib, Samarqand tumanidagi “Oq Amur baliqlari” fermer xo‘jaligida intensiv baliqchilik faoliyati bilan tanishdi. Unda Qo‘shrabot va Oqdaryo tumanlaridan fermerlar ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida zamonaviy texnologiyalar, tajriba almashish va hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinib, yakunda o‘zaro memorandum imzolandi. Mazkur hamkorlik baliqchilik sohasini yanada rivojlantirish hamda eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Shundan so‘ng Jomboy fumanidagi “Bog‘bon” in-vitro laboratoriyasida tok va mevali ko‘chatlar yetishtirish, iqlim sharoitidan kevlib chiqib ko‘chat tanlash va parvarishlash bilan bog‘liq jarayonlar bilan tanishdi.