JSST Xitoy va Mo‘g‘ulistonda qayd etilgan qora o‘latni xavfli, deb hisoblamayapti

Biroq vaziyat kuzatilmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rasmiy vakili Margaret Xarris 7 iyul kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
“Ayni vaqtda biz Xitoy va Mo‘g‘uliston hukumati bilan birgalikda kasallik xurujini kuzatyapmiz. Bugungi kunga kelib kasallik xavfi yuqori, deb hisoblamaymiz. Ammo vaziyatni e’tibor bilan kuzatyapmiz”, dedi u.
Bir necha kun ilgari Xitoy va Mo‘g‘ulistonda qora o‘lat holatlari aniqlanganligi to‘g‘risida ma’lum qilingan edi. Ayni vaqtda vaziyat to‘laligicha nazoratga olingani haqida aytilmoqda.