Mo‘g‘ulistonda suv toshqinlari oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
- 07.07.2020 22:50
- 82
- Xorij
Mo‘g‘ulistonning bir nechta viloyatida yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida sakkiz kishi vafot etdi, bir necha ming bosh qoramol nobud bo‘ldi. Bu haqda 7 iyul kuni Sinxua agentligi Mo‘g‘uliston rasmiylari bergan bayonotga tayanib xabar berdi.
“Umumiy hisobda sakkiz kishi, jumladan, uch nafar yosh bola kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini tufayli halok bo‘ldi”, ma’lum qilingan hukumat bayonotida.
Ma’lumotga ko‘ra, Gov-Sumber, Tuve va Arxangay hududlarida yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida 7 mingdan ortiq qoramol nobud bo‘lgan. Bundan tashqari, Xentiy, Tuva va Xuvsgelda 2360 ta uy suv ostida qolgan.
Mamlakat ob-havo meteorologiya markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, yaqin kularda mamlakatning yirik hududlarida sel ketish ehtimoli yuqori. Shunga binoan, mamlakat meteorologlari fuqarolarni zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirildi.