Hindiston shimoli-sharqida kuchli yomg‘ir va sel oqibatida yarim millionga yaqin odam jabr ko‘rdi
- 24.06.2023 16:19
- 16
- Xorij

Mahalliy aholining chorva mollari va mol-mulklariga zarar yetgan. 1300 dan ortiq qishloq suv ostida qolgan. Kuchli yomg‘ir deyarli 15 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlarini qamrab olgan.
So‘nggi 24 soatda sel suvlari 10 ta to‘g‘onni yorib o‘tgan. Yo‘llar yuvilgan, ko‘priklar buzilgan. Kuchli yomg‘ir tufayli deyarli yarim million kishi tabiiy ofat hududlarida qolishmoqda. Mamlakat hukumati ofatda jabrlangan 11 ta hududda vaqtinchalik turar joy lagerlari va yordam tarqatish punktlarini tashkil qilgan.
Hindistonning Assam shtati so‘nggi bir hafta ichida ikki marta suv ostida qoldi. Mamlakatning shimoli-sharqida musson mavsumi sentyabrgacha davom etishi mumkin.
Teglar:
suv toshqini
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Taqdirmi yo tantiqlikning to‘lovi?
- 2 soat avval
- Mutolaa
Tramp va Putin: Alyaskadagi uchrashuv qanday o‘tdi?
- Bugun, 12:59
- Xorij
Mustaqillikka 34 yil: Vatan va Vijdon
- Bugun, 11:59
- Ta’lim