Pokistondagi suv toshqini: kamida 147 kishi halok bo‘ldi
- 12.07.2022 09:14
- 30
- Xorij
Pokistonda musson yomg‘irlari iyun oyining o‘rtalaridan beri davom etmoqda va sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil ular odatdagidan ikki barobar ko‘proq.
O‘nlab uylar, yo‘llar, ko‘priklar va elektr stansiyalari vayron bo‘lgan. Ayniqsa, Pokiston janubidagi yirik port shahri Karachida vaziyat og‘ir. U yerda butun hududlar suv ostida qolgan va odamlar mashinalardan qayiqlarga o‘tishga majbur bo‘lgan.
2010 yilda Pokistonda yomg‘irli mavsum ayniqsa halokatli bo‘lib, mamlakatning beshdan bir qismini suv qoplagan edi. O‘shanda 20 million odam suv toshqinidan jabr ko‘rgan, milliardlab dollarlik infratuzilmaga zarar yetib, ekinlarning katta qismi nobud bo‘lgan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa