AQShda yana toshqin, Xitoy va Nepal chegarasida suv balosi insonlar hayotiga zomin bo‘ldi

AQShning Nyu-Meksiko shtatida kuchli suv toshqini uylarni yuvib ketgan, odamlar bedarak yo‘qolgan.

Vayronagarchilikning aniq ko‘lami va qurbonlar soni hozircha noma’lum bo‘lsa-da, ikki bolali oila halok bo‘lgani aytilmoqda. Suv sathi tez ko‘tarilishi kutilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlardagi tasvirlarda Ruidozoda olingan tabiiy falokat «jazava»sini ko‘rish mumkin. Avvalroq Texasda halokatli suv toshqinidan 110 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, 170 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan edi.

***

Shuningdek, Xitoy-Nepal chegarasida suv toshqini oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi bedarak yo‘qoldi.
To‘satdan qirg‘oqlaridan toshib chiqqan Reka Bxote-Kosi daryosi ikki mamlakatni bog‘lovchi Do‘stlik ko‘prigini yuvib ketdi. Oqibatda kamida sakkiz kishi halok bo‘lgan.
Hozirda davlatlar o‘rtasidagi savdo-sotiq to‘xtatilgan, tovarlar ortilgan konteynerlar, jumladan yuzlab Xitoy elektromobillarini daryo "yuvib" ketgan.
Suv toshqini kuchli yomg‘ir yog‘ayotgan Tibetdagi muzlik ko‘lining to‘lishi oqibatida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.