Mo‘g‘uliston Prezidenti Samarqandga keldi
- 14.09.2022 10:17
- 334
- Samarqand
Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnagiyn Xurelsux Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisida qatnashish uchun Samarqandga yetib keldi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Mazkur davlat ShHT huzurida kuzatuvchi maqomiga ega. Sammitda ShHT faoliyatini takomillashtirish, tashkilotga a’zo davlatlar hamkorligi hamda mintaqaviy xavfsizlik va boshqa mavzulardagi masalalar muhokama qilinadi.
A.MUSAYeV,
O‘zA
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Taqdirmi yo tantiqlikning to‘lovi?
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Tramp va Putin: Alyaskadagi uchrashuv qanday o‘tdi?
- Kecha, 12:59
- Xorij
Mustaqillikka 34 yil: Vatan va Vijdon
- Kecha, 11:59
- Ta’lim